Xorazmda noqonuniy qurol saqlaganlar ushlandi
Bojxona boshqarmasi bu bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazdi.

Xorazm viloyati Urganch tumanida noqonuniy ov quroli saqlanishi va o‘q-dori savdosiga qarshi kurashi kurashish bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Urganch tumanida yashovchi fuqaro m.B. “shartli xaridor”ga 4 ta temir idishda “Irbis-oxota 35” yozuvli porox mahsulotini sotgan vaqtida to‘xtatildi.
Shundan so‘ng fuqaro, M.Bning ko‘rsatmasi asosida tezkor tadbir davom qildirilib, 1964 yilda tug‘ilgan Urganch tumanida yashovchi fuqaro R.J.ning yashash uyi belgilangan tartibda xolislar ishtirokida hamda xizmat iti yordamida ko‘zdan kechirilganda, 8 ta temir idishlarda “Irbis-oxota 35” yozuvli porox mahsulotlari hamda tegishli hujjatlari bo‘lmagan 1 dona 2 stvolli 16 kalibrli ov quroli noqonuniy saqlanayotganligi aniqlandi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida jami 12 ta temir idishlarda jami 3 kg porox mahsuloti (o‘q dori) hamda 1 dona 2 stvolli 16 kalibrli ov quroli ashyoviy dalil sifatida olindi.
Yuqoridagi holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.







