O'zbekiston

O‘zbekistonda 250 milliondan ortiq daraxt koordinatasi aniqlanib, raqamli xaritasi yaratildi

Bu portal orqali siz hududlardagi daraxtlarning yoshi, "yashil makon" umummiliy loyihasi doirasida daraxtlar qachon ekilgani, hozir qaysi holatda turgani bo‘yicha maʼlumot olishingiz mumkin.

O‘zbekistonda 250 milliondan ortiq daraxt koordinatasi aniqlanib, raqamli xaritasi yaratildi

 

Ayni damda respublikamizdagi barcha daraxtlar raqamlashtirilib, xatlovdan o‘tkazilmoqda. Toshkent shahrida esa sinov tariqasida daraxtlar pasportlashtiriladi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 23 noyabrdagi “Respublikada yashillik darajasini yana-da oshirish, ”Yashil makon" umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 199-son Farmonga ko‘ra amalga oshirilmoqda.

 

Maʼlumot uchun, daraxtlarni pasportlashtirish 3 bosqichda amalga oshiriladi. 1-bosqichda aerokosmik tasvirlar va dasturiy vositalardan foydalangan holda mavjud daraxtlar to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi. 2-bosqichda xatlov natijasiga ko‘ra aniqlangan daraxtlarning turi, yoshi, bo‘yi, holati va joylashuv koordinatasini aks ettiruvchi maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi. 3-bosqichda maʼlumotlar bazasi asosida “Yashil makon” elektron platformasida har bir daraxtga pasport shakllantiriladi va ID raqam beriladi.

 

 

1-bosqich doirasida barcha viloyatlardagi yashil qoplam maydoni aniqlandi. Bunda hududlardagi barcha daraxtlar va butalarning maydoniga, sunʼiy yo‘ldoshlar orqali olingan fotosuratlardan foydalanib, geoaxborot tizimi orqali ishlov berildi. Bundan tashqari, vazirlik huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti bilan birga sunʼiy yo‘ldoshdan olingan kosmik suratlar, masofadan zondlash, geoaxborot tizimlari hamda sunʼiy intellekt texnologiyalari yordamida yurtimizdagi barcha daraxtlar xatlovdan o‘tkazilib, joylashuv koordinatalari, soni aniqlandi hamda raqamli xaritasi yaratildi. Bunda AQSH, Kanada, Xitoy, Hindiston, Avstraliya, Rossiya, Germaniya va Yaponiya kabi davlatlarning tajribalari o‘rganildi.

 

Daraxtlarning sanog‘ini amalga oshirishda 5 yoshdan yuqori bo‘lgan daraxtlar hisobga olindi. Mazkur tadqiqot ishlari O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha viloyatlar va tumanlar kesimida amalga oshirildi. Jami 254 million 162 ming 505 dona daraxtning koordinatalari aniqlanib, raqamli xaritasi yaratildi. 

 

 

Shu bilan birga, 2-3-bosqichlarda xatlov ishlari inspektorlar tomonidan joyiga chiqqan holda amalga oshirilmoqda. Bunda “Yashil makon” elektron platformasi takomillashtirilib, daraxtlar xatlovi bo‘yicha daraxtlar reyestri tizimi joriy etildi. Ushbu tizim orqali maxsus planshetlar yordamida daraxtlarning turi, diametri, holati, koordinatasi, fotosi, va masʼul tashkilot to‘g‘risidagi maʼlumotlar kiritilib borilmoqda.

 

Hozirgi kunda respublika bo‘yicha jami 200 mingdan ortiq daraxtlar xatlovdan o‘tkazilib, maʼlumotlar elektron platformaga kiritildi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekistonda 250 milliondan ortiq daraxt koordinatasi aniqlanib, raqamli xaritasi yaratildi | Zamon.uz