O‘zbekistonning YeOII bilan o'tgan yilgi savdo aloqasi qanday bo‘lgan?
U o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,2 foizga oshgan.

O‘zbekistonning YeOIIga a’zo davlatlar bilan 2023 yilning yanvar-dekabr oylaridagi tashqi savdo aylanmasi 2022 yilning shu davriga nisbatan 0,2 foizga o‘sib, 15,9 mlrd dollarni tashkil etdi.
Shundan:
•eksport – 5,5 mlrd dollar
•import – 10,4 mlrd dollar
Rossiya bilan tashqi savdo aylanmasi 9,9 mlrd dollarni (+5,3%) tashkil etdi.
•eksport – 3,3 mlrd dollar
•import – 6,6 mlrd dollar
Qozog‘iston bilan tashqi savdo aylanmasi 4,4 mlrd dollarni tashkil etdi.
•eksport – 1,4 mlrd dollar
•import – 3 mlrd dollar
Qirg‘iziston bilan tashqi savdo aylanmasi 953 mln dollarni tashkil etdi.
•eksport – 632 mln dollar
•import – 322 mln dollar
Belarus bilan tashqi savdo aylanmasi 570 mln dollarni (+19,2) tashkil etdi.
•eksport – 119 mln dollar
•import – 501 mln dollar.







