O'zbekiston

Qozog‘istondagi portlashda ikki nafar o‘zbekistonlik ham jabrlandi — video

Qarag‘anda viloyatida gaz balloni portlab, ikki qavatli uy qulab tushdi. Jabrlanganlar orasida hamyurtlarimiz ham bor. Ular og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.

Qozog‘istondagi portlashda ikki nafar o‘zbekistonlik ham jabrlandi — video

 

30-yanvar, dushanba kuni Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyati Buxar-Jirau tumanidagi ikki qavatli turar-joy binolaridan birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan. Hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi jami 46 kishi yashab kelgan mazkur turar-joyda portlash vaqtida 35 kishi bo‘lganini va vayronalar tagidan 7 kishi chiqarib olinganini maʼlum qildi.

 

Hodisada ikki kishi halok bo‘lgan. Qutqarib qolinganlar orasida 3 nafar voyaga yetmagan bolalar bo‘lgan.

 

Portlash oqibatida binoning taxminan 300 kv.m maydoni – devorlari, tom va shift to‘liq qulab tushgan.

 

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi maʼlumotiga ko‘ra, portlashdan jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor va ular og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.

 

Jabrlanganlar – 1989 yilda tug‘ilgan R.Xoldarovning tanasi 80 foiz, 1987 yilda tug‘ilgan N.Hakimovning tanasi 35 foizi kuyish, shuningdek, bosh miyaning yopiq shikastlanishi, umurtqaning yopiq sinishi kabi jarohatlarni olgan.

 

Ayni paytda Elchixona holatni nazoratga olgan va Qarag‘anda viloyati politsiyasi va Favqulodda vaziyatlar bo‘limlari bilan aloqa o‘rnatgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qozog‘istondagi portlashda ikki nafar o‘zbekistonlik ham jabrlandi — video | Zamon.uz