O'zbekiston

Surxondaryodagi maktab-internatda o‘quvchilar zaharlanishi ortidan jinoyat ishi ochildi

Aybdorlar 7 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Surxondaryodagi maktab-internatda o‘quvchilar zaharlanishi ortidan jinoyat ishi ochildi

 

Maktab-internatga autsorsing xizmati ko‘rsatgan xususiy korxona tomonidan isteʼmolga yaroqsiz bo‘lgan mahsulotlardan sifatsiz oziq-ovqat tayyorlangan. Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘quvchilarning ovqatdan zaharlanishi qayd etilib, jinoyat ishi ochildi. Bu haqda bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi. 

 

Aniqlanishicha, hodisa 18 yanvar kuni sodir bo‘lgan. Maktab-internatga autsorsing xizmati ko‘rsatgan xususiy korxona tomonidan isteʼmolga yaroqsiz bo‘lgan mahsulotlardan sifatsiz oziq-ovqat tayyorlangan. Oqibatda 33 nafar o‘quvchi o‘tkir gastrit alomatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

 

Tezkor-tergov guruhi tomonidan olib borilgan surishtiruvda maktab oshxonasidan olingan ayrim mahsulotlar sanitariya meʼyorlari qoidalari va gigiyena normalari talablariga javob bermasligi hamda oshxona jihozlaridan foydalanish tartib qoidalariga rioya qilinmaganligi, bu esa bolalar o‘rtasida "yuqumli oshqozon ichak kasalliklari bilan kasallanishga" olib kelgani aniqlangan.

 

Holat yuzasidan Sariosiyo tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 186-moddasi (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) 4-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Aybdorlar 7 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Surxondaryodagi maktab-internatda o‘quvchilar zaharlanishi ortidan jinoyat ishi ochildi | Zamon.uz