Jahon

“Tartibga solish qumdoni” huquqiy rejimini taqdim etish tartibi belgilandi

U Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

“Tartibga solish qumdoni” huquqiy rejimini taqdim etish tartibi belgilandi

 

Adliya vazirligi tomonidan Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini taqdim qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

 

Ushbu Nizomda kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini taqdim qilish tartibi belgilandi.

 

“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimini taqdim etish va ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

 

“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimida tan olingan xorijiy yurisdiksiyada ro‘yxatdan o‘tgan chet el yuridik shaxsi ishtirok etishi mumkin.

 

Mazkur hujjat bilan maxsus rejim doirasida tan olingan xorijiy yurisdiksiyalar ro‘yxati tasdiqlangan hamda mazkur ro‘yxatda 38 ta davlat mavjud.

 

“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun taqdim etilgan arizalar 20 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi hamda arizachini maxsus rejim ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish yoki ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

 

“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasida investitsiya vositachisi va chet ellik nominal saqlovchi sifatida faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

“Tartibga solish qumdoni” huquqiy rejimini taqdim etish tartibi belgilandi | Zamon.uz