2023-yilda 1-milliondan ortiq aholi ilk bor ichimlik suvi bilan taʼminlandi
Bu haqda “O‘zsuvtaʼminot” AJ maʼlum qildi.

“O‘zsuvtaʼminot” AJ rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aholini ichimlik suvi bilan taʼminlashda qurilish ishlarining sifati va tezkorligi: qo‘shma loyihalar, erishilgan natijalar va yechimini kutayotgan masalalar haqida maʼlumot berildi.
✅2023 yilda barcha loyihalarning amalga oshirilishi natijasida, respublikadagi 2 mingdan ortiq mahalladagi 1,1 mln nafar aholi ilk bor ichimlik suvi bilan taʼminlanib, 2,5 mln nafar aholining ichimlik suv taʼminoti yaxshilandi.
✅Markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlanmagan 1 134 ta aholi yashash punktiga suv taʼminoti korxonalariga tegishli 214 ta va boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli 1 112 ta maxsus suv tashish texnikalari orqali ichimlik suvining uzluksiz yetkazib berilishi taʼminlandi.
✅Eʼtiborli jihati, Respublikadagi 2ta: Andijon viloyati aholisining ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasi – 91 foizga va Xorazm viloyatida esa bu ko‘rsatkich – 90 foizga yetkazildi.
✅Soha bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlarni tezkorlik bilan o‘rganish uchun “SuvniAsra” tizimi joriy qilinib, ushbu tizim orqali murojaatchilar istalgan joydan xabar berish uchun mobil ilova yaratildi hamda @suvmuammobot telegram boti orqali murojaat qoldirish imkoni yaratildi.







