O'zbekiston

2024-yil uchun davlat dasturi muhokamaga eʼlon qilindi

Muhokamalar joriy yilning 9-fevral kuniga qadar davom etadi.

2024-yil uchun davlat dasturi muhokamaga eʼlon qilindi

 

«O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash» yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risidagi prezidenti farmoni loyihalari ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasi uchun www.uzbekistan2030.uz veb-saytiga joylashtirildi.

 

Farmon loyihasiga ko‘ra, 2024 yil 1 martdan boshlab:

 

— hududlarda chang bo‘roni sodir bo‘layotganda va havo tarkibida mayda dispers zarrachalari belgilangan normadan yuqori bo‘lgani aniqlanganda aholini, ayniqsa yurak, qon-tomir va nafas yo‘llari kasalliklariga chalingan fuqarolarni zarur profilaktik choralar to‘g‘risida doimiy xabardor qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;

 

— 500 va undan ortiq kvadrat metrlik qurilish maydonida, unga kirib-chiqish yo‘llarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etish bo‘yicha majburiy talablar joriy etish;

 

— Toshkent shahrida yuk tashish uchun mo‘ljallangan, ruxsat etilgan to‘la vazni 10 tonnadan yuqori bo‘lgan N2, N3, O4 toifaga kiruvchi avtotransport vositalarining harakati tig‘iz vaqt oraliqlarida taqiqlash ko‘zda tutilmoqda.

 

Shuningdek, 2030 yilga qadar Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlarida «YEVRO – 5» va undan yuqori standartlariga muvofiq bo‘lmagan avtomashinalar ekspluatatsiyasi bosqichma-bosqich cheklash nazarda tutilmoqda.

 

Loyihalar joriy yilning 9 fevral kuniga qadar keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan o‘tkaziladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

2024-yil uchun davlat dasturi muhokamaga eʼlon qilindi | Zamon.uz