O'zbekiston

Adliya vazirligi Nokia kompaniyasining intellektual mulk huquqlarini himoya qildi

Vazirlik matbuot kotibi Sevara Urinbayevaning maʼlum qilishicha, Adliya vazirligi “Nokia Corporation"ning intellektual mulk huquqlarini himoya qildi.

2023-yili Finlyandiya korporatsiyasining ishonchli vakili tomonidan O‘zbekistonda kompaniya tovar belgisidan noqonuniy foydalanish holatlari bo‘yicha vazirlikka murojaat yuborilgan.

Murojaat asosida Adliya vazirligi tomonidan tegishli tartibda o‘rganishlar o‘tkazildi. Natijada, Toshkent shahrida “Nokia” tovar belgisi bilan aynan bir xil bo‘lgan kontrafakt mahsulot sotilayotgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Adliya vazirligi tomonidan maʼmuriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun sudlarga yuborildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur hamda Chilonzor tuman sudlari tomonidan sakkiz nafar shaxsga 23 million 760 ming so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Huquqbuzarlar Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-moddasi birinchi qismi — mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Adliya vazirligi Nokia kompaniyasining intellektual mulk huquqlarini himoya qildi | Zamon.uz