Buxorodagi bog‘chadan oziq-ovqat o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan xodimlar ushlandi
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv o‘tkazilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqda Buxoro viloyatidagi bog‘chalardan birida xodimlar aslida bolalarga berilishi kerak bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini sumkalariga solib olib ketmoqchi bo‘lganda qo‘lga tushgani aks etgan videolar tarqalmoqda. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdim.
Ma’lum qilinishicha, videodagi holat joriy yilning 24 yanvar kuni Buxoro shahar 71-davlat bog‘chasida boshqarmaning ishchi guruhi tomonidan aniqlangan.
Holatni yuzaga keltirgan sabablar o‘rganilib, o‘z vazifasini su’ite’mol qilgan ta’lim tashkilotining xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudiri, bosh oshpazi, oshpaz, hamshira va metodist (tashkilot direktori mehnat ta’tilida bo‘lganligi sababli vaqtincha direktor vazifasini bajaruvchi) bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Ayni paytda mazkur holatga qonuniy baho berish bo‘yicha Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







