Endi "Open budget"da bir kishi faqat bir marta ovoz bera oladi
Ertadan loyihaning joriy yilgi birinchi mavsumiga start beriladi.

Ertadan “Tashabbusli byudjet” loyihasining joriy yilgi birinchi mavsumi uchun tashabbuslar qoldirish boshlanadi. 1-mavsum uchun jami 3 trillion so‘m mablag‘ ajratilmoqda.
Har bitta tashabbus uchun maksimum 1 milliard 360 million so‘m mablag‘ so‘rash mumkin.
Joriy yildan boshlab eng katta yangilik — bu ovoz berishda sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida “Bir fuqaro – bir ovoz” tizimi joriy etiladi.
Yaʼni endi nomida nechta sim-kartasi bo‘lishidan qatʼi nazar 1 kishi faqat 1 marta ovoz bera oladi.
Shuningdek, bundan buyon “Tashabbusli byudjet” doirasidagi loyihalar tashabbuskorlar, mahalla raisi va faollarining ish sifati yuzasidan roziligi olinganidan keyingina foydalanishga qabul qilish tartibi joriy etilishi kutilmoqda.







