Maktablar uchun 131 nomdagi yangi darslik va qo‘llanmalar yaratiladi
Shuningdek, xususiy maktab va litseylar soni 470 ta yetkaziladi

Davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, taʼlim tizimida qator chora-tadbirlar amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Jumladan:
Joriy yil yakunigacha 1 400 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi, shu jumladan oilaviy bog‘chalarni tashkil etish;
518 ta maktabni rekonstruksiya qilish va 30 ta maktabni yangidan barpo etish va bu orqali 175 ming o‘quvchi o‘rnini yaratish;
Maktablar uchun 131 nomdagi yangi darsliklar, mashq daftarlari, o‘qituvchi metodika kitoblarini yaratish;
Olis va chekka hududlarda joylashgan 100 ta umumiy o‘rta taʼlim muassasalari o‘quvchilari uchun bepul avtobuslarni yo‘lga qo‘yish;
Nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari sonini 470 taga yetkazish.







