O'zbekiston

O‘zboshimchalik va noqonuniy qurilgan obyektlarni tartibga olish bo‘yicha yangicha tizim joriy qilinadi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Kadastr agentligi va “O‘zbekkosmos” boshchiligida respublika komissiyasi tuziladi.

O‘zboshimchalik va noqonuniy qurilgan obyektlarni tartibga olish bo‘yicha yangicha tizim joriy qilinadi

 

Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Sadinosir Usmonov maʼlum qildi.

 

Xabaringiz bor kuni kecha davlatimiz rahbari raisligida 2024 yilda uy-joy, qurilish, kommunal xo‘jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda belgilab berilgan vazifalarning ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz. Endilikda loyiha qilishdan boshlab, obyektni foydalanishga topshirishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar, ularning nazorati  yangicha tashkil etiladi. Eng avvalo, kelgusi yil 1 yanvardan barcha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, ishlarni amalga oshirish, shuningdek, ularni qabul qilishda “resurs usuli”dan voz kechilib, “hajm usuli”ga o‘tiladi. Bu tartib 1 iyuldan yo‘l, ichimlik suvi va ko‘prik qurilishi loyihalarida joriy qilinishi belgilandi. Qurilishda tuziladigan barcha shartnomalar raqamlashtiriladi;

 

- pudratchi tashkilotlar bajargan qurilish ishlari faqat soliq organiga taqdim etilgan elektron hisob-fakturadan kelib chiqib moliyalashtiriladi;

 

- obyektni foydalanishga qabul qilish jarayoni raqamlashtirilib, dalolatnomalar “Shaffof qurilish” orqali tasdiqlanadi;

 

- 10 milliard so‘mdan ortiq loyihalar bo‘yicha subpudratchilarni faqat “Shaffof qurilish” tizimi orqali tanlash tartibi yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu tartib xalqaro moliya tashkilotlari bilan amalga oshirilayotgan loyihalarga ham tatbiq etiladi;

 

- ishlab chiqaruvchi ham, quruvchi ham, nazorat qiluvchi ham qayerda qaysi qurilish materiali qancha pul turishini onlayn kuzatib boradigan tizim bo‘ladi.

 

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida Loyiha ofisi tuzilishi belgilandi. Mazkur Ofis: qiymati 10 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan loyihalarni ishlab chiqish jarayonida ularning xavfsizlik va energiya tejamkorlikka javob berishini, qiymati sunʼiy oshib ketmaganini loyihachilar bilan  baholab boradi;

 

- har yili maktab, bog‘cha, tibbiyot, yo‘l, ichimlik suvi va issiqlik taʼminoti kabi sohalarning har birida kamida 2-3 tadan namunaviy loyihalar ishlab chiqiladi.

 

Bundan buyon, Loyiha ofisining tavsiyasi bo‘lmagan loyiha hujjatlari davlat ekspertizasiga qabul qilinmaydi.

 

Byudjet hisobidan qilinadigan barcha xaridlar Soliq qo‘mitasining “E-ombor” platformasi orqali amalga oshiriladi.

 

O‘zboshimchalik bilan va noqonuniy qurilgan obyektlarni tartibga olish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinadi. Bunda, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Kadastr agentligi va “O‘zbekkosmos” boshchiligida respublika komissiyasi tuziladi.

 

Umuman olganda 2024 yilda jami 149,9 trln.so‘m hajmda pudrat ishlari bajarilib, mazkur ishlarning 106,5 foizga o‘sishi taʼminlanadi.

 

Jami 169 ta aholi punktining shaharsozlik hujjatlari, jumladan 5 ta shaharning bosh rejasi, 48 ta shaharchaning bosh rejasi va 116 ta qishloqning sxemalari ishlab chiqiladi.

 

Qurilish sohasiga oid normativ talablarni soddalashtirish maqsadida, 38 ta SHNQ va 30 ta standart ishlab chiqiladi.

 

Shuningdek, bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi, yong‘in xavfsizligi va boshqa xavflar bo‘yicha sinov ishlarini o‘tkazish uchun Toshkent viloyatining Toshkent shahriga chegaradosh hududida poligon barpo etiladi.

 

Maqsadli dasturlar doirasida jami 1,5 mingta ijtimoiy soha va infratuzilma obyektlari hamda 80 ming xonadonli ko‘p qavatli uylar foydalanishga topshiriladi.

 

 Shuningdek, 45 ta “Yangi O‘zbekiston” massivlarida 635 ta ko‘p qavatli uylar quriladi.

 

Kompetensiyani rivojlantirish institutida 10 ta soha yo‘nalishlari bo‘yicha 8 ming nafarga yaqin mutaxassislar faoliyatini sertifikatlash uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

 

Hududlardagi 3 863 ta ko‘p qavatli uyda taʼmirlash ishlari olib boriladi.

 

Xususan, 1 002 ta uyning tom qismi, 2 464 ta kirish yo‘laklari, 1 635 ta uyning yerto‘la qismidagi muhandislik tizimlari, 413 ta uyning ichki muhandislik tarmoqlari, 865 ta uyning fasad qismi, 2 538 ta elektr shitlari taʼmirlanadi va 523 ta lift yangilanadi.

 

Investitsiya dasturi doirasida 9 ta qozonxona va 79 km issiqlik tarmoqlarida qurilish-rekonstruksiya ishlari bajariladi. Natijada, hududlardagi 475 ta ko‘p qavatli uylar va 41 ta ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik taʼminoti yaxshilanadi.

 

Andijon, Jizzax va Farg‘ona shaharlaridagi 3 ta “Yangi O‘zbekiston” massivida 10 ming xonadonli 165 ta ko‘p qavatli uylarni ko‘mir yoqilg‘ili issiqlik qozonxonalari orqali isitish yo‘lga qo‘yiladi.

 

Sohani raqamlashtirish darajasini oshirish maqsadida, issiqlik taʼminoti sohasiga billing tizimi joriy qilinadi, shuningdek, “Shaharsozlik geoaxborot tizimi” va “Mening hududim” elektron platformasi hamda Instrumental-texnik tekshiruv va Muhandislik-geologik tadqiqotlar natijalari bo‘yicha yagona reyestlar ishga tushiriladi. 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zboshimchalik va noqonuniy qurilgan obyektlarni tartibga olish bo‘yicha yangicha tizim joriy qilinadi | Zamon.uz