O'zbekiston

Surxondaryoda Open budget yutgan mahalla ko‘chasiga sifatsiz asfalt yotqizildi

Mutasaddilar holatni o‘rgandi.

Surxondaryoda Open budget yutgan mahalla ko‘chasiga sifatsiz asfalt yotqizildi

 

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Bandixon tumani Paxtakor mahallasida Open budget‘da yutgan mahallaning ko‘chasida loyning ustiga asfalt yotqizilayotgani aytilgan video tarqaldi.

 

Tuman hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, videoda tilga olingan muammo mutasaddilar ishtirokida o‘rganilgan.

 

 

O‘rganish davomida “Tashabbusli byudjet”ning 2023 yil 2-mavsumida g‘olib bo‘lgan Paxtakor mahallasi ko‘chalarini pudratchi “Surxon Servis Baraka” MCHJ bajarayotgani aniqlangan.

 

Maʼlum bo‘lishicha, pudratchi 2024 yil 25 yanvar kuni asfaltlash ishlarini amalga oshirayotib, ob-havo noqulay kelgani sababli ishni to‘xtatgan.

 

 

Asfalt qilingan yo‘lning 34 metr qismida namgarchilik kuzatilgani sababli ish sifatsiz bajarilgan. Pudratchiga sifatsiz yotqizilgan asfaltni qayta amalga oshirish bo‘yicha 29 yanvar kuni yozma ko‘rsatma berilgan. Holat tuman prokuraturasi nazoratiga olingan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Surxondaryoda Open budget yutgan mahalla ko‘chasiga sifatsiz asfalt yotqizildi | Zamon.uz