Toshkent — Frankfurt va Frankfurt — Toshkent aviaqatnovlari bekor qilindi
Parvoz bugun, 1-fevralga rejalashtirilgan edi.

2024-yil 1-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan va Frankfurt-na-Mayne xalqaro ayeroporti faoliyatini cheklaydigan, Germaniyaning bir qator shaharlarida kasaba uyushmalarining ish tashlashlari munosabati bilan, Uzbekistan Airways faqat 1-fevral kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan HY231/232 TAS-FRA-TAS aviaqatnovlarini bekor qilishga majbur bo‘ldi.
Bekor qilingan aviaqatnov yo‘lovchilariga aviakompaniyaning 2024-yil 5-fevral kuni bajarilishi rejalashtirilgan aviaqatnovi uchun aviachiptani qayta bron qilish taklif etiladi.
"Batafsil ma’lumot olish uchun Uzbekistan Airways aloqa markazi telefon raqami yoki aviakompaniyaning Frankfurt-na-Mayne shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilishingizni so‘raymiz," — deyiladi Uzbekistan Airways xabarida.







