Umra ziyoratida noqonuniylikka yo‘l qo‘ygan 5 ta turistik tashkilot litsenziyasi vaqtincha bekor qilindi
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita fuqarolarni ogohlikka chaqirdi.

Umra ziyoratini amalga oshirishda firibgarlarga aldanib qolmang. Ayni paytda, Umra xizmatlarini maxsus litsenziyasiz tashkil etib kelgan 5 ta turistik tashkilot litsenziyasi vaqtincha bekor qilingan.
Fuqarolarni aldagan shaxslar va turistik tashkilotlarga nisbatan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Fuqarolarimizdan Umra ziyoratini amalga oshirishda firibgarlar aldoviga tushib qolmasliklarini so‘rab qolamiz", — deyiladi xabarda.








