YPX xodimini bosib ketgan haydovchi qo‘lga olindi
Shuningdek, xodimning hozirgi ahvoli haqida maʼlumot berildi.

Avvalroq Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida Damas haydovchisi YPX xodimini sudrab ketgani xabar qilingandi. Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.
Qayd etilishicha, YPX xodimi N.Musinov davlat raqam belgisi bo‘lmagan “Damas” avtomobili haydovchisining meʼyoriy hujjatlarini tekshirish maqsadida “to‘xtash” haqidagi ishorani bergan. Haydovchi esa to‘xtamasdan transport vositasini xodimning ustiga boshqarib yuborgan. Atrofda bo‘lgan fuqarolar yordamida avtomobil ostidan olib chiqilgan YPX xodimi N.Musinov shifoxonaga olib borilgan. Kitob tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan berilgan dastlabki maʼlumotga ko‘ra N.Musinovda "boshi, yuzi, qo‘li va oyoqlarida shilingan, qirilgan jarohatlar" borligi maʼlum qilingan.
Holat yuzasidan Kitob tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.







