4 yoshli o‘g‘liga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan ota 10 sutkaga qamaldi
Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqda erkak tomonidan farzandini urib, shafqatsiz munosabatda bo‘layotganligi haqidagi videoxabarlar yuzasidan Bosh prokuraturа axborot xizmati rasmiy munosabat bergandi.
Aniqlanishicha, Termiz shahrining “Temiryo‘lchi” mahallasida yashovchi 42 yoshli erkak 2024 yil 28 yanvar kuni yashash uyida 4 yoshli o‘g‘lini har kuni do‘konga olib borishini va turli xil shirinlik va o‘yinchoqlar olib berishini so‘raganligi uchun qo‘pol so‘zlar bilan haqorat qilib, yengil tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik tug‘risidagi kodeksining 41 (Haqorat qilish) va 59-2 (Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) moddalari bilan hujjatlar rasmiylashtirilishi va to‘plangan hujjatlar sudga yuborilishi taʼminlangan edi.
Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudida A. E.ga (1981 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, oilali, besh nafar farzandi bor, muqaddam maʼmuriy javobgarlikka tortilmagan) oid maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilib, sudning qarori eʼlon qilindi.
Unga muvofiq, A.E. Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi (haqorat qilish) va 59-2-moddasi (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, unga MJtKning 34-moddasiga (bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun maʼmuriy jazo qo‘llanish) asosan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.







