Ayrim nafaqa miqdorlari oshirildi
Prezident Farmoni bilan baʼzi hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi.

Farmonga ko‘ra, 2024 yil 1 fevraldan quyidagi nafaqalar miqdori 621 ming so‘m etib belgilandi:
-
zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa fuqarolarga nafaqa;
-
ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda;
-
o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga nafaqa;
-
boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun nafaqa (keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun — 212 000 so‘m);
-
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun pensiyaning eng kam miqdori.
Mazkur miqdorlar rasmiy eng kam isteʼmol xarajatlaridan kelib chiqib belgilangan.







