O'zbekiston

Biznes-ombudsman tadbirkorning salkam 2 milliard so‘mlik qarzdorligini undirib berdi

Tadbirkor bilan Samarqand viloyati IIB o‘rtasida 2021-2022 yillar davomida 5 ta shartnoma tuzilgan.

Biznes-ombudsman tadbirkorning salkam 2 milliard so‘mlik qarzdorligini undirib berdi

Samarqand viloyatida faoliyat yurituvchi “Diyor” (nomi o‘zgartirilgan) MCHJ rahbari Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasidan qarzdorlikni undirib berishni so‘rab Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.

 

Aniqlanishicha, tadbirkor bilan Samarqand viloyati IIB o‘rtasida 2021-2022 yillarda umumiy qiymati 1,8 mlrd so‘mni tashkil etuvchi 5 ta shartnoma tuzilgan.

 

Shartnomalarga asosan, Samarqand viloyat IIB maʼmuriy va qo‘shimcha binolarini joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilib belgilangan muddatda foydalanishga topshirilgan.

 

Tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnoma bandida shartnoma g‘aznachilik bo‘linmalaridan majburiy ro‘yxatga olingan kundan boshlab kuchga kirishi belgilangan. Lekin ushbu shartnoma g‘aznachilik bo‘linmasidan ro‘yxatdan o‘tmagan.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 28 fevraldagi PQ-594-son qarorining 6-bandida byudjet tizimi byudjetlari mablag‘lari hisobidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan shartnomalari, shuningdek, buyurtmachilarning byudjet tizimi byudjetlari mablag‘lari hisobiga kapital qurilishga oid shartnomalari majburiy tartibda G‘aznachilikda ro‘yxatga olinishi shartligi va faqat u amalga oshirilgandan keyin kuchga kirishi belgilab qo‘yilgan.

 

Garchi taraflar o‘rtasidagi pudrat shartnomasi G‘aznachilikda ro‘yxatga olinmagan bo‘lsa-da, amalda tadbirkor taʼmirlash ishlarini bajargan va bajarilgan ishlar IIB tomonidan eʼtirozsiz qabul qilib olingan.

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2016 yil 23 dekabrdagi 306-son qarorida sudlarning eʼtibori, qurilish pudrati shartnomasida muhim shartlarning mavjud bo‘lmaganligi va shunga ko‘ra shartnoma tuzilmagan deb hisoblanishi, agar bunday ishlarning bajarilganligi holati taqdim etilgan dalillar bilan isbotlansa, bajarilgan ishlar qiymatini undirish to‘g‘risidagi talabni rad etishga asos bo‘lmasligiga qaratilishi nazarda tutilgan.

 

Bunday holatda sud daʼvogarning javobgardan asosiy qarzni undirish talabini asosli va ish hujjatlari bilan o‘z isbotini topgan deb hisoblaydi.

 

Biznes-ombudsman tadbirkor manfaatida Jomboy tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qildi. Sudning hal qiluv qarori bilan jamiyat foydasiga pul mablag‘i undirilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Biznes-ombudsman tadbirkorning salkam 2 milliard so‘mlik qarzdorligini undirib berdi | Zamon.uz