Germaniya o‘zbekistonliklar uchun 50 mingta bo‘sh ish o‘rni taklif qilmoqda
Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma'lum qildi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining ma’lum qilishicha, nomzodlar nemis tilini bilish darajasiga, qarab quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga joylashishi mumkin:
− hamshira;
− yuk mashinasi haydovchisi;
− yuk va qishloq xo‘jaligi mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish;
− mehmonxona;
− restoran;
− turizm;
− hunarmandchilik;
− mexatronika;
− qurilish va boshqa sohalar.
Nomzodlar ishga jalb qilinganda ularga 1000-2000 yevrodan boshlanuvchi maosh taklif etilyapti.







