Qirg‘iziston mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shildi
Konvensiyaning maqsadi jinoyat huquqi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov “Qirg‘iziston Respublikasining Mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilishi to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
Hujjat Jogorku Kenesh (parlament) tomonidan 2023 yil 20 dekabrda qabul qilingan.
Qonun Qirg‘iziston bilan Yevropa Kengashiga aʼzo davlatlar hamda Konvensiyaga qo‘shilgan boshqa davlatlar o‘rtasida mahkumlarni keyingi jazoni o‘zlarining davlatida o‘tash uchun o‘tkazish sohasida huquqiy asos yaratishni nazarda tutadi.
Konvensiyaning maqsadi jinoyat huquqi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.







