Quyi Chirchiqda chiqindidan mahsulot ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi
Bu atrof-muhitga tashlanadigan chiqindilarni keskin kamaytirish imkonini beradi.

Quyi Chirchiq tumanidagi “TST Cluster” paxta-to‘qimachilik klasterining “Tashkent Cotton Textile” korxonasida paxta tolasini qayta ishlash jarayonida hosil bo‘layotgan chang-chiqindilar maxsus filtr va uskunalar yordamida tutib qolinib, presslanmoqda.
Kelgusida presslanayotgan chiqindilar asosida ip o‘raladigan konuslar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Maʼlumot oʻrnida, “Tashkent Cotton Textile” korxonasi Germaniya, Turkiya, Shveysariya, Italiya kabi davlatlardan keltirilgan eng so‘nggi zamonaviy, ilg‘or texnologik uskuna va dastgohlar bilan jihozlangan. Bu esa atrof-muhitga tashlanadigan chiqindilarni keskin kamaytirish imkonini beradi.







