Surxondaryoda poyezd Gentra‘ni urib yuborishi oqibatida bir oilaning 5 aʼzosi halok bo‘ldi
Bu haqda Zamon.uz‘ga Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida poyezd Gentra‘ni urib yuborishidan bir oilaning 5 aʼzosi halok bo‘ldi. Bu haqda Zamon.uz‘ga Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Voqea 31 yanvar kuni soat 20:30 larda Sho‘rchi — Elbayon temiryo‘l bekatlari oralig‘idagi qo‘riqlanmaydigan temiryo‘l kesishmasida sodir bo‘lgan. Sariosiyo — Toshkent yo‘lovchi poyezdi ushbu temiryo‘l kesishmasidan o‘tayotgan Gentra‘ni urib yuborgan va shoshilinch to‘xtagan.
Oqibatda Gentra haydovchisi — 35 yoshli B.N. va uning ikki yoshli o‘g‘li turli tan jarohatlari olib, Sho‘rchi markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
Haydovchining 64 yoshli onasi Z.X., 29 yoshli turmush o‘rtog‘i S.Sh. va uch nafar voyaga yetmagan farzandlari — 12 yoshli qizi M.M., 9 yoshli o‘g‘li M.M., 5 yoshli qizi M.M. esa voqea joyida halok bo‘lgan.







