Toshkent metrosida poyezd eshigi ochiq holda harakatlandi
Metropoliten maʼmuriyati holatga izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqda metroda poyezd eshiklarini yopmasdan harakatlangani haqida xabar tarqaldi. Metropoliten maʼmuriyati holatga izoh berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 1 fevral kuni soat 08:55 lar atrofida “Paxtakor” bekatidan harakatlangan 6-sonli harakat tarkibining vagon eshiklaridan birida nosozlik holati kuzatilgan.
Shu boisdan, harakat tarkibi keyingi bekatga yetib kelganida mashinist tomonidan tekshirilgan. Natijada, vagon eshigining ariqchasiga yo‘lovchilardan birining ruchkasi tushib qolgani aniqlangan va bu esa vagon eshiklari yopilishiga to‘sqinlik qilgan.
Hozirgi vaqtda ushbu harakat tarkibi soz holatda harakatlanmoqda.







