Toshkentda “Hotdogger” ko‘chma savdo shoxobchalari elektr tarmoqlariga noqonuniy ulangani aniqlandi
Mini-do‘konlar poytaxtning 5 ta tumanida faoliyat olib borgan.

“L.S.G.” MCHJ masʼul shaxslari va boshqalar poytaxtning Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlarining aholi gavjum hududlarida 7 ta “Hotdogger” nomli ko‘chma savdo shoxobchalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida ulab, jami 1,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Bu Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda ma'lum bo'ldi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







