Xizmat kiyimida spirtli ichimlik isteʼmol qilgan IIO xodimi ishdan bo‘shatilgan
Tarmoqlarda tarqalgan Ichki ishlar organlari xodimi shaʼniga putur yetkazuvchi harakatlar sodir etgan xodim videosi yuzasidan rasmiy izoh berildi.

Tarmoqlarda tarqalgan Ichki ishlar organlari xodimi shaʼniga putur yetkazuvchi harakatlar sodir etgan xodim videosi yuzasidan rasmiy izoh berildi.
Samarqand viloyati Qo‘shrabod tumani IIB profilaktika inspektori lavozimida xizmat qilgan (IIOlariga xizmatga 2023 yil 20 noyabrda qabul qilingan) katta serjant Z.S. "Xizmat kiyimida spirtli ichimlik isteʼmol qilgani hamda ichki ishlar organlari xodimi shaʼniga putur yetkazuvchi harakatlari" uchun ichki ishlar organlari xodimlari safidan bo‘shatilgan.
Hozirda ushbu holatni kelib chiqishiga yo‘l qo‘ygan rahbar xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.







