Yaponiyaliklar bir oyda 1 200 dan ortiq zilzilani boshdan kechirdi
Jabrlanganlarning 73 foizi 60 yoshdan oshganlar ekani aytilmoqda.

Yaponiyadagi ketma-ket zilzila qurbonlari soni 238 kishiga yetdi.
Hukumat hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘limlarning aksariyati (41%) og‘ir narsalar tomonidan ezilish oqibatida yuz bergan. Odamlar 22% bo‘g‘ilishdan, 14% hipotermiyadan vafot etgan. Jabrlanganlarning 73 foizi 60 yoshdan oshganlar.
1-yanvardan beri Yaponiyada 1200 dan ortiq zilzila qayd etilgan. Oy boshida sodir bo‘lgan eng kuchli yer silkinishi magnitudasi 7,6 ga yetdi. Shu sababli 1-yanvar kuni butun g‘arbiy qirg‘oq bo‘ylab sunami xavfi e’lon qilindi va u 24 soat davomida o‘z kuchini saqlab qoldi. Tabiiy ofat zonasida 38 mingdan ortiq bino vayron bo‘lgan yoki qisman shikastlangan. 1 mingdan ortiq odam jarohatlangan.







