Yevropa Ittifoqi Qizil dengiz missiyasini tashkil etadi
U 17 fevralgacha ish boshlashi kerak.

Yevropa Ittifoqi Qizil dengizda missiya tashkil etish niyatida. Ittifoq tashqi siyosat departamenti rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u 17 fevralgacha ish boshlashi kerak.
"Missiyadan maqsad, kemalarni himoya qilish va husiylarga qarshi hech qanday harakatlarga aralashmasdan hujumlarning oldini olish yoki blokirovka qilishdir", — deydi Josep Borrel.
Bryussel bu missiyani nihoyatda muhim deb hisoblamoqda.







