Jahon

AQSH harbiylari o‘limiga javoban Iroq va Suriyadagi nishonlarga zarba beradi

Ob-havo hujumlar vaqtini belgilab beruvchi asosiy omil bo‘ladi.

AQSH harbiylari o‘limiga javoban Iroq va Suriyadagi nishonlarga zarba beradi

 

Amerika Qo‘shma Shtatlari Iordaniyadagi AQSH harbiy bazasiga uyushtirilgan dron hujumiga javoban Iroq va Suriyadagi Eron nishonlariga zarba berish rejalari bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda CBS News prezident Jo Bayden administratsiyasi rasmiylariga tayanib xabar berdi.

 

Telekanal manbalarining qayd etishicha, ob-havo hujumlar vaqtini belgilab beruvchi asosiy omil bo‘ladi.

 

Eslatib o‘tamiz, 28-yanvar kuni nomaʼlum dron AQSHning Iordaniyadagi Tower 22 harbiy bazasiga zarba bergandi, oqibatda uch nafar askar halok bo‘lgan, 40 dan ortiq kishi jarohatlangan. AQSH hujumda Eronni ayblagan, Bayden esa Amerika hujumga javob qaytarishiga vaʼda bergan. Tehron hujumga aloqadorligini rad etadi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSH harbiylari o‘limiga javoban Iroq va Suriyadagi nishonlarga zarba beradi | Zamon.uz