Hindistonda josuslikda gumon qilingan kaptar ozod qilindi
Bu bo‘yicha hatto jinoiy ish ham ochilgandi.

Avvalroq Mumbay politsiyasi Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda gumon qilib, kaptarni qo‘lga olgandi. Shundan so‘ng qush sakkiz oy davomida veterinariya klinikasida saqlangan. Huquq-tartibot idoralari uning davlat uchun xavfli emasligiga ishonch hosil qilgach, uni qo‘yib yuborishdi.
Politsiya xodimlari kabutarning oyog‘ida ikkita halqa bo‘lganligi sababli “ushlangan”, qanotlari ostidagi patlar esa xitoy tiliga o‘xshash belgilarga ega edi. Rasmiylar qushni xitoyliklar razvedka maʼlumotlarini yig‘ish uchun yuborgan deb taxmin qilgan. Bu bo‘yicha jinoyat ishi ham qo‘zg‘atilgan, biroq bir necha oydan keyin ayblovlar olib tashlandi.
Maʼlum bo‘lishicha, qush kaptarlar poygasida qatnashgan Tayvan orolidan uchib ketgan, biroq parvoz vaqtida u marshrutdan chetga chiqib, tasodifan Hindistonga uchib ketgan.







