Oliy taʼlim vaziri yana o‘zgardi
Ushbu lavozimga Kongratbay Sharipov tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Kongratbay Avezimbetovich Sharipov O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
Bundan ilgariroq K.Sharipov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan maʼqullangandi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning oktyabr oyida ushbu lavozimga Odil Qalandarovich Abdurahmonov tayinlangandi.







