O‘quvchilar o‘rtasida Toshkent xalqaro matematika olimpiadasi o‘tkaziladi
Jami mukofot jamg‘armasi 450 million so‘m. Shuningdek, munosiblarga xalqaro universitetda o‘qish uchun 100 foizlik grant ajratilishi ham vaʼda qilindi.

2024-yilning 24-25 fevral kunlari Toshkent xalqaro matematika olimpiadasining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda 3-11 sinf o‘quvchilari onlayn shaklda ishtirok etadi.
Qayd etilishicha, tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlar kesimida umumtaʼlim muassasalari — maktablar, akademik litsey hamda ixtisoslashgan maktab o‘quvchilari qatnashishi mumkin.
Barcha ishtirokchilar sertifikatlar bilan, g‘oliblar esa oltin, kumush, bronza medallari, pul mukofotlari, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Jami mukofot jamg‘armasi 450 million so‘m. Qolaversa, olimpiadada munosib ishtirok etganlarga xalqaro universitetda o‘qish uchun 100 foizlik grant ajratilishi ham vaʼda qilinmoqda.
Olimpiadada ishtirok etish uchun Telegram‘da maxsus botdan (@tasimo_bot) ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi.







