QQS bo‘yicha ayrim imtiyozlar bekor qilinmoqda
Yangi tartib 1-apreldan qo‘llanadi.

1-apreldan QQS bo‘yicha ayrim imtiyozlar bekor qilinadi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Endi quyidagilar uchun QQS to‘lanadi:
Savdo aylanmasi bo‘yicha:
- tibbiy xizmatlar;
- veterinariya xizmatlari;
- dori vositalari;
- veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlar.
O‘zbekiston hududiga olib kirishda:
- dori vositalari;
- veterinariya dori vositalari;
- tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlar;
- shuningdek, qonunchilikda belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kiriladigan xomashyo.
Aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarni realizatsiya qilish bo‘yicha:
- suv taʼminoti;
- kanalizatsiya;
- sanitariya jihatdan tozalash;
- issiqlik taʼminoti.
Eslatib o‘tamiz, avval ushbu xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha aylanmaga QQSning nol darajali stavkasi qo‘llanilgan.







