O'zbekiston

Surxondaryoda o‘quvchilar toshli, qiyalik yo‘llarda maktabga borayotganiga izoh berildi

Tarmoqlarda Sariosiyoda maktab bolalari qoniqarsiz yo‘ldan maktabga ketayotgani videosi tarqaldi.

Surxondaryoda o‘quvchilar toshli, qiyalik yo‘llarda maktabga borayotganiga izoh berildi

 

Viloyat hokimligi internetda tarqalgan maktab o‘quvchilarining maktabga borish yo‘li haqidagi videoga izoh berdi.

 

Tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanining “Karsh” mahallasidagi bolalar toshloq, loy bo‘lib ketgan yo‘l orqali maktabga qatnayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat hokimiyati munosabat bildirdi.

 

Taʼkidlanishicha, "Karsh" mahallasi Sariosiyo tumani markazidan qariyb 70 km uzoqlikda, tog‘li hududda joylashgan. Hududda 487 nafar fuqaro 91 ta xonadonda yashaydi. Mahalladagi 80 o‘rinli maktab 2018 yilda qurilgan va hozirda barcha zarur sharoitlar bilan taʼminlangan.

 

2022-2023 yillar davomida mahallaga transport borishi uchun 11 km uzunlikdagi tog‘li hudud orqali yangi yo‘l ochilgan. Mahallaning 5 km ichki yo‘llari toshlanib, taʼmirlangan. Shunga qaramay, videodagi ichki yo‘lda noqonuniy qurilmalar sababli taʼmirlash ishlari bajarilmay qolib ketgan.

 

“Yo‘llar, mahallalardagi infratuzilmani rivojlantirish avvalo aholi farovonligini yaxshilash uchun amalga oshirilayotgan bo‘lib, bolalarning sifatli taʼlim olishi hamda xavfsiz va qulay yo‘llardan maktabga borishlarini taʼminlash bizning vazifamiz.

 

Biroq ayni hozirgi kunlarda “Karsh” mahallasiga boruvchi yo‘l to‘liq qor bilan qoplanganligi sababli transportning hududga borish imkoniyati yo‘q. Viloyat hokimining ko‘rsatmasi bilan "Karsh" mahallasidagi maktabga boruvchi ichki yo‘lni taʼmirlash bo‘yicha tuman hokimligi va mutasaddi tashkilotlar tomonidan chora-tadbirlar ishlab chiqilayotgan bo‘lib, yo‘ldagi qor qoplami erigach, taʼmirlash ishlari boshlanadi”, — deyiladi izohda.

 

Hokimiyat qilingan ishlar borasida jamoatchilikka qo‘shimcha axborot berilishini qayd etdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Surxondaryoda o‘quvchilar toshli, qiyalik yo‘llarda maktabga borayotganiga izoh berildi | Zamon.uz