O'zbekiston

Toshkentda avtobus haydovchisining ehtiyotsizligi sabab 2 nafar yo‘lovchi jarohatlandi

​​​​​​​Haydovchi yo‘lovchilar transportga chiqib ulgurmasidan eshiklarni yopib qo‘ygan.

Toshkentda avtobus haydovchisining ehtiyotsizligi sabab 2 nafar yo‘lovchi jarohatlandi

 

Holat 1 fevral sanasida Toshkentning “Shimoliy vokzali”dan “Uchuvchilar shaharchasi”gacha harakatlanuvchi 52 avtobus bilan sodir bo‘lgan. “Toshshahartransxizmat”ning izoh berishicha, haydovchining yo‘lovchi tashish qoidalarini buzganligi, o‘ziga biriktirilgan avtobusni ehtiyotsizlik bilan boshqarib, yo‘lovchilar avtobusga chiqib bo‘lmasidan eshiklarini yopishi oqibatida 2 nafar yo‘lovchi, ayol va uning qizi tan jarohati olgan.

 

O‘zining xizmat vazifasini suiisteʼmol qilganligi uchun AJ bu avtobus haydovchisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganligini maʼlum qildi.

 

“Barcha haydovchilar bilan yo‘lovchilarni xavfsiz tashish va ularni o‘z manzillariga sog‘-omon yetkazib qo‘yish eng oliy maqsadimiz ekanligi, yo‘lovchilar bilan xushmuomala bo‘lish, xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish yuzasidan yana bir bor tushuntirish ishlari olib borilib, haydovchilar ustidan nazorat kuchaytirildi”, – deya qo‘shimcha qilinadi rasmiy xabarda.

 

“Toshshahartransxizmat”ga ko‘ra, yuqoridagi kabi holatlar kuzatilgan taqdirda AJning qisqa raqamli 1062 ishonch telefoni orqali yoki ATTO mobil ilovasi orqali murojaat qilish mumkin.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda avtobus haydovchisining ehtiyotsizligi sabab 2 nafar yo‘lovchi jarohatlandi | Zamon.uz