Tramp Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatildi
Bu Isroil va arab davlatlari o‘rtasidagi kelishuvlar bilan bog‘liq.

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod bo‘ldi, uni Respublikachilar vakili Klaudiya Tenni ilgari surdi.
Uning fikricha, Isroil va bir qator arab davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish uchun asos bo‘lgan "Ibrohim kelishuvlari"ning imzolanishini rag‘batlantirish asos bo‘ladi. Tennining so‘zlariga ko‘ra, Trampning bu boradagi saʼy-harakatlari “misli ko‘rilmagan va hali Nobel qo‘mitasi tomonidan munosib eʼtirof etilmagan”.
Telekanalning eslatishicha, Tramp ayni paytda "Ibrohim kelishuvlari"ni imzolashdagi ishtiroki uchun bir necha bor Tinchlik uchun Nobel mukofotiga nomzod bo‘lgan, biroq AQSHning sobiq prezidenti haligacha bu mukofotga sazovor bo‘lmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda Qo‘shma Shtatlar Isroil va arab davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirishga qaratilgan jarayonni boshladi. Natijada, "Ibrohim tinchlik kelishuvi" deb nomlangan hujjatlar to‘plami imzolandi. Bitimlarga BAA, Bahrayn va Marokash qo‘shildi. Sudan hukumati kelishuvlarga qo‘shilishdan manfaatdor ekanini bildirdi va ularning deklarativ qismini AQSH sobiq moliya vaziri Stiven Mnuchin ishtirokida imzoladi, ammo keyin Isroil bilan tegishli hujjatni imzolamadi.
Falastin rasmiylari arab davlatlarining Isroil bilan munosabatlarni normallashtirishga qaratilgan qadamlarini tanqid qilgandi. 2020 yilgacha Isroil mintaqadagi faqat ikki arab davlati – Iordaniya va Misr bilan diplomatik aloqalarni amalga oshirib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, 2009 yilda AQSH prezidentlari ichida so‘nggi bor Barak Obama Nobel mukofotini olgandi.







