Amerikalik aktyor Karl Uezers vafot etdi
U “Rokki” filmidagi Apollon Krid roli bilan mashhur.

Rokki filmida Apollon Krid rolini ijro etgan amerikalik aktyor Karl Uezers 76 yoshida vafot etdi.
U “Yulduzlar jangi”, “Yirtqich”, “Baxtli Gilmor” filmlari va “Mandaloriyalik” serialidagi rollari bilan ham tanilgan.
Uezers 1970-1971 yillarda "Oklend Reyders" safida himoyachi pozitsiyasida o‘ynagan va keyinchalik Kanada futbol ligasida ham qisqa vaqt faoliyat olib borgan.
Aktyorning o‘limi sabablari maʼlum emas. Aktyorning oilasi uning “uyqusida vafot etganini” aytishgan.







