Endi Ukrainada mahbuslar harbiy xizmatga chaqirilishi mumkin
Bu bo'yicha yangi qonun loyihasi qabul qilinyapti.

Ukraina Oliy Radasi deputati Aleksey Goncharenko mahbuslarni Qurolli Kuchlari safiga chaqirish tartibini nazarda tutuvchi safarbarlik to‘g‘risidagi muqobil qonun loyihasi ustida ishlayotganini aytdi.
Uning fikricha, bu harbiy xizmatchilarning rotatsiyasi uchun yaxshi imkoniyat.
"Muqobil qonun loyihasida men mahbuslarni safarbar qilish tartibini aniq belgilab beraman. Biz frontda harbiy xodimlarni almashtirishimiz kerak", deb yozadi u.







