O'zbekiston

“G‘ishtko‘prik” chegara postida yo‘lovchi yuklarini olib o‘tishda muammo bo‘ldimi?

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.

“G‘ishtko‘prik” chegara postida yo‘lovchi yuklarini olib o‘tishda muammo bo‘ldimi?

Boshqarma ushbu xabarlarda go‘yoki, “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti orqali o‘tayotgan yo‘lovchilarning yuklari, xususan eski ishlatilgan tovarlar bojxona xodimlari tomonidan kiritilmayotganligi qayd etilganini bildirgan. 

 

Ammo ayrim fuqarolar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan bu kabi xabarlar hech qanday asosga ega emasligi aytilmoqda.

 

"Taʼkidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tishni yana-da tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2018 yil 6 fevraldagi PQ-3512-son qaroriga muvofiq:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarining avtoyo‘l (piyoda) bojxona chegaralari o‘tish punktlari orqali olib o‘tishda —300 AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi tovarlarni bojsiz olib kirishingiz mumkin!

Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlarning qanday maqsadga mo‘ljallanganligini aniqlashda tovarlarning miqdori hisobga olinadi va bunda tovarlarni olib o‘tayotgan jismoniy shaxs va uning oila aʼzolari ehtiyojlaridan ortiq miqdordagi bir turdagi tovarlarga, agar tovarlarni olib o‘tayotgan shaxs aksini isbotlab bermasa, tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun olib kirilayotgan tovarlar deb qaraladi", — deyiladi xabarda.

 

Yuqorida qayd etilgan har qanday tovarni belgilangan norma va/yoki davriylikdan ortiq olib o‘tilganda belgilangan tartibda bojxona to‘lovlari undiriladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun tovarlarni olib o‘tish tartibini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida” 4508-sonli qaroriga muvofiq yagona bojxona to‘lovi bojxona to‘lovlari undirilmaydigan tovarlarni jismoniy shaxslar tomonidan respublikaga olib kirishning cheklangan meʼyorlaridan ortgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodidan va kelib chiqish mamlakatidan qatʼiy nazar tovarlarning barcha toifalari bo‘yicha bojxona qiymatidan kelib chiqqan holda, cheklangan meʼyorlardan ortiq qismiga nisbatan undiriladi.

 

Yagona bojxona to‘lovi stavkasi tovarning bojxona qiymatidan 30 foiz, lekin har bir kilogrami uchun 3 AQSH dollaridan kam bo‘lmagan miqdorni tashkil etadi.

 

Shuningdek, jismoniy shaxslar amaldagi tartiblarga muvofiq olib O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasini kesib o‘tishda o‘zlari bilan olib ketayotgan tovar va moddiy boyliklarning PQ-3512-son qarori va VM 463-son qaror bilan belgilangan meʼyorlar asosida ishonchli va to‘g‘ri deklaratsiyalanishi uchun qonun hujjatlarga muvofiq javobgar bo‘lishi eslatib o‘tilgan.

 

"Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi bojxona organlari faoliyatiga doir xolis va haqqoniy xabarlarni eʼlon qilishda ommaviy axborot vositalari, keng jamoatchilik vakillari bilan o‘zaro hamkorlikka doimo tayyorligini maʼlum qiladi", — deya xabar so‘nggida taʼkidlab o‘tilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“G‘ishtko‘prik” chegara postida yo‘lovchi yuklarini olib o‘tishda muammo bo‘ldimi? | Zamon.uz