Hilola Umarovaga ikki nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi
Tayinlov 2-fevral kuni amalga oshirilgan.

Joriy yilning 2 fevral kuni Rajabov Sardor Baxtiyorovich hamda Boqiyev Farhod Esanovich Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Sardor Rajabov tayinlovga qadar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining, Taʼlim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi. Vazirlikdagi faoliyatini boshlashdan avval esa sobiq Davlat test markazi direktorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Farhod Boqiyev esa tayinlovga qadar Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Undan avval esa AOKAning Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan, 2020 yilning 17 yanvarida Senat aʼzoligiga saylangan edi.







