O'zbekiston

Janubiy Koreya o‘zbekistonliklar uchun 100 ming bo‘sh ish o‘rni taklif qilmoqda

Oylik maoshlar o‘rtacha 2000-2500 ming dollarni tashkil etishi aytilmoqda.

Janubiy Koreya o‘zbekistonliklar uchun 100 ming bo‘sh ish o‘rni taklif qilmoqda

 

2024 yilda Koreyaga ishga yuborish uchun ilk bor 100 ming nafar yurtdoshimiz tanlovlarga jalb qilinadi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar bermoqda.

 

Koreya Respublikasi Ye-9 vizasi asosida quyidagi sohalarda xorijda ishlash istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini tanlovlarga jalb qiladi:

 

Ishlab chiqarish sohasida 22 ming 248 nafar;

Qishloq xo‘jaligi sohasida 6 ming 858 nafar;

Xizmat ko‘rsatish-2 (mehmonxona va oshxona ishlari) sohasida 5 ming 403 nafar (asosan ayollar uchun);

Qurilish sohasida 2 ming 898 nafar.

 

Dastlabki ro‘yxatdan o‘tish 2023 yil 8-14 fevral kunlari amalga oshiriladi. Nomzodlar yuqoridagi sohalardan faqat bittasini tanlashi mumkin bo‘ladi.

 

Oylik maoshlar o‘rtacha 2000-2500 ming dollarni tashkil etishi aytilmoqda.

 

Ma’lum qilinishicha, Koreyada ishlash istagidagi nomzodlar uchun O‘zbekistonning barcha hududlaridagi “Ishga marhamat” monomarkazlarida koreyalik o‘qituvchilar tomonidan koreys tili kurslari tashkil etilgan.

 

Qayd etilishicha, Ye-9 va boshqa ishchi vizalari asosida tanlovlar 2024 yil davomida tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Natijada yil yakuniga qadar 100 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarolari tanlovlarga jalb etiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Janubiy Koreya o‘zbekistonliklar uchun 100 ming bo‘sh ish o‘rni taklif qilmoqda | Zamon.uz