Malayziya qamoqxonasidan 131 nafar muhojir qochib ketdi
Migrantlardan birining yo‘lda avtohalokat oqibatida halok bo‘lgani aytilmoqda.

Malayziyaning g‘arbiy Perak shtatidagi Bidor immigratsiya hibsxonasidan 131 nafar muhojir qochib ketdi.
Shtat politsiyasi bergan xabarga ko‘ra, bu so‘nggi yillarda maxbuslarning qochib ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan ikkinchi holat hisoblanadi.
“Erkaklar blokidan qochgan muhojirlarning 115 tasi etnik Roxindja guruhiga mansub, 16 nafari esa Myanma fuqarolari. Shuningdek, ularning hech qanday hujjati mavjud emas”, — deya xabar bermoqda davlat axborot agentligi.
Bundan tashqari, migrantlardan birining yo‘lda avtohalokat oqibatida halok bo‘lgani aytilmoqda.







