Namanganda ishbilarmon ayollar forumi o‘tkazildi
Unda 500 nafardan ortiq faol qizlar ishtirok etgan.

Bugun, 3 fevral kuni Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi Madaniyat markazida "Muvaffaqiyat sari birlashaylik" Ayollar forumi bo‘lib o‘tdi.

Forumda viloyatdagi faol 500 nafardan ortiq qizlar ishtirok etgan.

Dastlab forum doirasida faol tadbirkor hunarmand xotin-qizlarning ko‘rgazmalari namoyishi o‘tkazilgan.

Qayd etilishicha, bu Forum boshqa viloyatlarda ham marafon shaklida davom etadi.







