O'zbekiston

Navoiyda fuqaro “dom”ga o‘zi uchun alohida lift o‘rnatmoqchi bo‘ldi

Holatga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi rasmiy izoh berdi.

Navoiyda fuqaro “dom”ga o‘zi uchun alohida lift o‘rnatmoqchi bo‘ldi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy shahri markazidagi ko‘p qavatli uylarning biriga mulkdor tomonidan lift o‘rnatilayotganligi haqida murojaati bo‘yicha, Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan joriy yilning 29 yanvarida Navoiy shahri Navoiy ko‘chasi 39 D-sonli ko‘p kvartirali uy o‘rganildi. 

 

Unga ko‘ra, ushbu binoning 10-qavati (pentxaus)da joylashgan 2 ta 46 va 47-xonadonlarni xarid qilgan mulkdor binoning tashqi yon fasad qismidan faqatgina o‘zi foydalanishi uchun lift qurilmasi o‘rnatilayotganligi aniqlandi.

 

Mulkdor inspeksiyaning lift qurilmasini o‘rnatish yuzasidan asoslantiruvchi hujjatlar bo‘yicha so‘roviga tegishli tashkilotlar tomonidan imzolangan taklif loyihasini taqdim etgan.

 

Mulkdorga ko‘p kvartirali uyning umumiy mulkidan foydalanish qoidalari, bunda aholi oldiga qo‘yildigan talablar tushuntirilgan va joriy yilning 29 yanvar sanasida o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmani bartaraf etish bo‘yicha tegishli tartibda majburiy ko‘rsatma berilgan.

 

Holat yuzasidan 2024 yil 1 fevral kuni Navoiy shahar prokuraturasiga tegishli hujjatlar taqdim qilingan.

 

Maʼlumot o‘rnida taʼkidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra ko‘p kvartirali uydagi umumiy joylar, tayanch va to‘siq konstruksiyalar, kvartiralar oralig‘idagi ihotalangan (o‘rama) pillapoyalar, zinapoyalar, liftlar, liftning shaxtalari hamda boshqa shaxtalar, dahlizlar, texnik qavatlar, yerto‘lalar, cherdaklar va tomlar, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari hamda kommunikatsiyalari, joylarning tashqarisida yoki ichida joylashgan va bittadan ortiq joyga xizmat ko‘rsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskuna va qurilmalar umumiy mol-mulkdir. Umumiy mol-mulk joylarning mulkdorlariga umumiy ulushli mulk huquqi asosida tegishli hisoblanadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Navoiyda fuqaro “dom”ga o‘zi uchun alohida lift o‘rnatmoqchi bo‘ldi | Zamon.uz