“O‘qituvchilik kasbining mavqeini oshirish choralarini ko‘rmog‘imiz shart”
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva davlat rahbari tomonidan imzolangan qonun bo'yicha fikrlarini bayon etdi.

Saida Mirziyoyeva mamlakatda pedagoglar huquqlarini himoya qilish va kafolatlashga oid qonunlar qabul qilinganini taʼkidlagan.

“Ular o‘qituvchilarning professional rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitni taʼminlash, shuningdek, mehnat huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.
Jamiyatning yuksalishi, kelgusida liderlar va soha mutaxassislarining yetishib chiqishi ko‘p jihatdan ustozlar va ularning mehnatiga bog‘liq. Shunday ekan, o‘qituvchilik kasbining mavqeyini oshirish choralarini ko‘rmog‘imiz shart”, – deb yozib qoldirgan Prezident yordamchisi.








