O'zbekiston

O‘zbekistonda sanatoriyga bepul yo‘llanmani kimlar olishi mumkin?

Ayrim toifa fuqarolar bu imkoniyatdan har yili, boshqalar esa ikki va uch yilda bir foydalanishi mumkin.

O‘zbekistonda sanatoriyga bepul yo‘llanmani kimlar olishi mumkin?

 

Ijtimoiy milliy himoya agentligi sanatoriylarga bepul yo‘llanma beriladigan shaxslar toifalari ro‘yxatini eʼlon qildi.

 

Unga ko‘ra, bir yilda bir marotaba — navbat asosida:

  • urushda nogironlikni orttirgan shaxslarga tenglashtirilgan fuqarolar;

  • Respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;

  • Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan, shuningdek, Chernobil AES halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar;

  • yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar;

  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalarga;

Ikki yilda bir marotaba — navbat asosida:

  • urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga;

  • halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlariga (beva erlariga);

  • I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga, ko‘zi ojiz I guruh nogironligi bor shaxsni kuzatib boruvchi fuqaroga;

Uch yilda bir marotaba — navbat asosida:

  • yoshga doir pensiya oluvchilarga.

 

Maʼlumot uchun, respublika bo‘ylab Agentlik tasarrufidagi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sanatoriylarni qabul qilishning bir vaqtdagi qabul quvvati 1 722 nafar, yillik quvvati 51 660 nafarni tashkil etadi.

Bugungi kunda sanatoriyga yo‘llanma uchun navbatda turgan shaxslar umumiy soni 352 000 dan ziyod.

 

2024 yil yanvar oyi holatida O‘zbekistonda 3,9 mln nafar pensiya oluvchi fuqaro mavjud.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda sanatoriyga bepul yo‘llanmani kimlar olishi mumkin? | Zamon.uz