Shimoliy Koreya qanotli raketa kallaklarini sinovdan o‘tkazdi
Maʼlum qilinishicha, sinovlar mintaqadagi vaziyatga hech qanday aloqasi yo‘q.

Kecha, 2 fevral kuni KXDR qanotli raketaning jangovar kallagini hamda yangi zenit-raketani sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi (KCNA) xabar berdi.
Bayonotda taʼkidlanishicha, sinovlar mintaqadagi vaziyatga hech qanday aloqasi yo‘q, shuningdek, u qo‘shni davlatlar xavfsizligiga hech qanday salbiy taʼsir ko‘rsatmagan.
Eslatib o‘tamiz, bir kun avval Janubiy Koreya Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi Shimoliy Koreya tomonidan bir nechta qanotli raketalar uchirilganini qayd etgani haqida xabar bergandi.







