Ukrainada 21 yoshli yigit 15-qavatdan o‘zini pastga tashlab, tirik qoldi
U o'z joniga qasd qilishga uringan.

Ukrainaning Lviv sahrida 21 yoshli yigit ko‘p qavatli uyning 15-qavatidan sakradi.
O‘z joniga suiqasd qilishga uringan yigit to‘xtab turgan avtomobilning tomiga tushgan va tirik qolgan. Yigitning tanishlari so‘zlariga ko‘ra, u ancha vaqtdan buyon depressiyada bo‘lgan va binodan sakrashidan bir necha soat avval o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yaqinlari bilan xayrlashuv postlarini joylashtirgan.
Hozirda u shifoxonada davolanmoqda.







