Finlyandiya Rossiya bilan chegarani ochishni rad etdi
Bu haqda hukumat rahbari maʼlum qildi.

Finlyandiya Rossiya bilan chegarada nazorat-o‘tkazish punktlarini ochmaydi. Bu haqda hukumat rahbari Petteri Orpo maʼlum qildi.
"Biz sharqiy chegara ortida Finlyandiyaga noqonuniy kirishni maqsad qilgan odamlar borligini bilamiz. Shu sababdan chegaramizning yopilishini bekor qila olmasligimiz aniq. Shu bilan birga, chegara yopiq bo‘lgan paytda odamlarning davlat chegarasidan noqonuniy ravishda o‘tishini oldini olish yo‘llarini topishimiz zarur", — degan u.







